Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Beyl hech kimga kerak emasmi?

Beyl hech kimga kerak emasmi?

Автор: admin

Uelslik yarim himoyachi Garet Beyl katta ehtimol bilan shartnomaning oxirigacha «Real»da qoladi.

"Marca" tarqatgan xabarga ko‘ra, Beylning kelajagi borasida turli xabarlar tarqalayotganiga qaramay, uning transferi borasida «Real»ga birorta ham taklif tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda 30 yoshli futbolchi yangi xo‘jayinlar qo‘liga o‘tadigan «Nyukasl»ga o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumot tarqatilgan edi.

Manbaga ko‘ra, «Real» Garet Beyl haqidagi xomhayollarga berilmoqchi emas. Shuningdek, uning eng yuqori formaga kirishiga "Qirollik klubi" rahbariyati ishonmaydi. Boz ustiga, uelslik futbolchining Zidan bilan munosabati yaxshi emas.

Beyl Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida 14ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.
Manba: footballhd.ru

97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *