Goal24.uz » Европа жамоалари » «Chelsi» futbolchisi uchun «Yuventus», «PSJ» va «Bavariya» kurash olib bormoqda

«Chelsi» futbolchisi uchun «Yuventus», «PSJ» va «Bavariya» kurash olib bormoqda

Автор: admin

Londonning «Chelsi» klubi yarimhimoyachisi Jorjino yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Manbaning yozishicha, Jorjinoga Yevropaning top-klublaridan qiziqishlar bor. Xususan, shu kungacha «Yuventus» bosh murabbiyi Mauritsio Sarrining shaxsan o‘zi sobiq shogirdini Turinga taklif etayotgan bo‘lsa, hozirda «Bavariya» va «Pari Sen-Jermen» klublari ham italiyalik futbolchi uchun kurashga qo‘shilgan. 
«Yuve» ustozi Jorjinoni qo‘lga kiritish uchun transfer kelishuviga jamoa yarimhimoyachisi Miralem Pyanichni qo‘shishni taklif qilgan. Tomonlar hozirda muzokara olib borishmoqda.
Ma’lumot uchun, asli braziliyalik bo‘lgan futbolchining «aristokratlar» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha belgilangan. Jorjino joriy mavsumda jami 37 o‘yinda maydonga tushib, 7ta golga mualliflik qilgan.


76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *