Goal24.uz » Ўзбекистон » Adebayor “Paxtakor”dan qancha maosh so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Adebayor “Paxtakor”dan qancha maosh so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

“Adebayor bilan dekabrda Londonda uchrashdik. Uni Toshkentga kelish va barchasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga ko‘ndirdik. Axir faqat moliyaviy tomon emas, boshqa jihatlar muhim: yashash, mashg‘ulot va o‘yin o‘tkazadigan joy. Biroq oxir-oqibat kelishuv o‘xshamadi — u uzoq parvozlarni yoqtirmaydi, hatto biroz qo‘rqadi ham.
Adebayor yiliga 1,5 million yevro maosh so‘radi. Derdiyokniki undan bir necha barobar kam. Eren bilan yaxshi tanish bo‘lishimga qaramasdan uni ko‘ndirish qiyin bo‘ldi. Birinchi navbatda u oilasi haqida qayg‘urdi. Turkiyada so‘nggi vaqtlarda deyarli o‘ynamayotgan edi. Bunday sharoitda qaror qabul qilishing kerak: sen yoki futbolchisan yoki shunchaki pul topadigan biznesmen. U terma jamoaga qaytmoqchi, Yevropa chempionatlarida o‘ynashni istaydi. O‘ylashimcha, u “Paxtakor”ga o‘tib to‘g‘ri qildi: Osiyo Chempionlar Ligasi, yaxshi sharoit”, — deydi Arveladze.
Derdiyok 2008—2017-yillar oralig‘ida Shveysariya terma jamoasida to‘p surgan. Klub miqyosida 31 yoshli forvard “Bazel”, “Bayer”, “Hoffenhaym”, “Galatasaroy” va boshqa bir qator jamoalar libosini himoya qilgan. “Paxtakor”ga kelishdan avval u Turkiyaning “Go‘ztepe” klubida harakat qilayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Emmanuel Adebayor “Paxtakor”da paydo bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *