Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Manba: APL 17 iyun kunidan davom ettiriladi, dastlabki ikki o‘yin ma’lum

Manba: APL 17 iyun kunidan davom ettiriladi, dastlabki ikki o‘yin ma’lum

Автор: admin

Angliya Premer-ligasining davom ettirilish sanasi ma’lum bo‘ldi, deya yozmoqda The Telegraph.
Manbaning xabariga binoan, APL o‘yinlari 17 iyun sanasidan davom ettiriladi. Dastlab qoldirilgan ikki o‘yin - «Aston Villa» – «Sheffild Yunayted» va «Manchester Siti» – «Arsenal» uchrashuvlari shu kuni o‘tkazilishi belgilangan. Tur bahslari esa 19 iyun, juma kunidan davom ettiriladi.
Qayd etilishicha, Premer-liga mavsumning qolgan qismini 1-2 avgust kunigacha yakunlashni rejalashtirgan. Unga ko‘ra, Angliya kubogi finali mavsum nihoyasiga yetgach, 8 avgust kuniga mo‘ljallangan. 
Eslatib o‘tamiz, APL o‘yinlari mart oyida 29-turdan keyin koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatib qo‘yilgan edi.


58   
Добавить комментарий
Ваше имя: *