Goal24.uz » Европа жамоалари » Gvardiolaning sobiq yordamchisi: «Messi 2022 yilgi jahon chempionatida g‘olib bo‘lishga loyiq»

Gvardiolaning sobiq yordamchisi: «Messi 2022 yilgi jahon chempionatida g‘olib bo‘lishga loyiq»

Автор: admin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning sobiq yordamchisi Domenek Torrent «Barselona» hujumchisi Lionel Messi haqida gapirdi.
«Uni Argentinada Maradona bilan taqqoslashlarini juda yaxshi tushunaman. Diyego ham qoyilmaqom o‘yinchi edi. Ehtimol, u Leo singari uzoq yillar yuqori darajada o‘ynamagan bo‘lishi mumkin. Ammo Diyego 1986 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan va jamoaning asosiy o‘yinchisi bo‘lgan. 
Leo 2014 yili Braziliyada o‘tgan mundialda, Germaniyaga qarshi teng kurashlar ostida kechgan finalda (0:1) g‘alaba qozonishi mumkin edi. Agar u o‘sha chempionatda g‘olib bo‘lganida, Argentinada unga boshqacha baho berilgan bo‘lardi. Uni jahon kubogini yutgan yoki yutmaganligi bilan baholash adolatsizlikdir. O‘ylaymanki, u 2022 yilgi jahon chempionatiga ajoyib formada keladi va kubokni boshi uzra ko‘taradi. U faoliyati bilan bunga loyiqdir», – deb Torrentning so‘zlarini keltiradi Ole.


122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *