Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Verner uchun kurash davom etadi
 
“RB Leypsig” jamoasi hujumchisi Timo Verner uchun kurash avjiga chiqmoqda.
Taniqli ESPN nashri ma’lum qilishicha, futbolchi uchun asosiy da’vogar “Manchester Yunayted” jamoasi bo‘lib turibdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” 50 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
“Atletiko” himoyachisi ketadi
 
Madridning “Atletiko” jamoasi himoyachisi Stefan Savich yozda jamoani tark etishga yaqin turibdi.
Ispan nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, futbolchi bilan “Valensiya” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan. “Ko‘rshapalaklar” tez orada jamoani tark etishi kutilayotgan Garayning o‘rnini aynan Savich bilan to‘ldirishni reja qilmoqda.
Manbada yozilishicha, “Valensiya” Savich uchun 25 million yevro taklif qilishni reja qilmoqda.
“Manchester Siti” futbolchisi ham ketadi
 
Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi himoyachisi Jon Stounz        tez orada yangi jamoa futbolchisiga aylanishga yaqin turibdi.
“Daily Star” nashrining ma’lum qilishicha, 26 yoshli futbolchi uchun bir yo‘la 3 ta klub da’vogarlik qilmoqda. Unga ko‘ra, “Everton”, “Nyukasl” va “Arsenal” jamoalari Jon uchun taklif yuborishgan.
Eslatib o‘tamiz, Stounzning transfer qiymati 36 million yevroga teng.
“Napoli” shashtidan qaytmaydi
 
Italiyaning “Napoli” jamoasi “Zenit” hujumchisi Serdar Azmunni sotib olish fikridan qaytmayapti.
Bu haqida “Le Gazzeta Della Sport” nashri ma’lum qilmoqda. Unga ko‘ra, klub yozda eronlik hujumchi uchun 25 million yevro taklif qiladi. Shunday bo‘lsada, piterliklar hujumchini 30 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, Azmun bu mavsumda 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 14 gol + 8 ta assistni amalga oshirdi.
Rabyo uchun yangi da’vogar
 
Turinning “Yuventus” jamoasida ishlari yurishmayotgan Adriyen Rabyo tez orada APLga yo‘l olishi mumkin.
“Di Torino” nashri bergan xabarlarga qaraganda, yarim himoyachi uchun kurashga endilikda “Everton” ham qo‘shilgan.
Avvalroq fransiyalik futbolchining hizmatlari bilan “Tottenhem” va “Arsenal” jamoalari jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumot berib o‘tgan edik.

178   

Shuningdek tavsiya qiling

18-05-2020, 03:27

Transfer olamidagi yangiliklar

17-05-2020, 03:37

Transfer olamidagi yangiliklar

11-05-2020, 03:25

Transfer olamidagi yangiliklar

28-04-2020, 18:46

Transfer olamidagi yangiliklar

30-03-2020, 08:13

Transfer olamidagi yangiliklar

Добавить комментарий
Ваше имя: *