Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Ronalduning “Yuventus”dan ketishiga sevgilisi Jorjina sababmi?

Ronalduning “Yuventus”dan ketishiga sevgilisi Jorjina sababmi?

Автор: admin

Butun dunyo ommaviy axborot vositalarida taniqli jurnalist Petro Baltsano Protning klub va futbolchiga yaqin bir necha manbalardan olgan Krishtianu Ronalduning mavsum yakunida “Yuventus”dan ketishi haqidagi axboroti aylanmoqda.
Garchi hali futbolchining bu qarorga kelganiga aniq sabab rasmiy tarzda e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, dastlabki versiyalar paydo bo‘lib ulgurdi.
Unga ko‘ra, futbolchi koronavirus pandemiyasi davrida anchagina vaqtini tug‘ilib o‘sgan joyida, oilasi va yaqinlari qurshovida, sevgilisi Jorjina va farzandlari bilan o‘tkazgan. Krishtianu bu muddat ichida oila a’zolari, yaqinlariga ko‘nikib qolgan va endi ulardan uzoqlashishni istamayapti.
Aynan mana shu omil futbolchining Turindagi faoliyati to‘g‘risida bir qarorga kelishga majbur qilayotgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Bu mavzuni kuzatishda davom etamiz va albatta vaqt o‘tishi bilan masalaga to‘liq oydinlik kiritiladi.
128   
Добавить комментарий
Ваше имя: *