Goal24.uz » Европа жамоалари » Polsha muxlislarni stadionlarga kiritmoqchi

Polsha muxlislarni stadionlarga kiritmoqchi

Автор: admin

Polsha 19 iyundan boshlab futbol muxlislarini stadionlarga kiritishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mateush Moravetskiy xabar berdi.
«Futbol men uchun oddiy o‘yin va sport turidan kattaroqdir. Bu kurashga bo‘lgan iroda, imkoniyatlar uchun harakatdir. Endi Ekstraklasa o‘yinlari Yevropaning 16 davlatida namoyish etiladi. Bu juda yaxshi yangilik. 
Muxlislarni ham stadionlarga qaytaramiz. Hozir bu boradagi maxsus qoidalarni ishlab chiqmoqdamiz.
Albatta odamlarning ommaviy to‘planishi cheklanadi. Ya’ni, stadion sig‘imining 25 foizi to‘lishiga ruxsat beriladi. 19 iyundan boshlab muxlislarni o‘yinlarga kiritamiz», - deb Moravetskiy so‘zlarini keltirmoqda Sport.pl. 
Avvalroq, Vengriya chempionati o‘yinlarida har bir muxlis uchun 4ta o‘rindiq ajratilishi, Rosiya chempionatida esa stadionlar ko‘pi bilan 10 foizga to‘lishi uchun ruxsat berilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.


73   
Добавить комментарий
Ваше имя: *