Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Prokuror Diyego Kosta uchun 6 oylik qamoq jazosi so‘radi

Prokuror Diyego Kosta uchun 6 oylik qamoq jazosi so‘radi

Автор: admin

«Atletiko» hujumchisi Diyego Kosta soliqlarni to‘lashdan bosh tortishda ayblanmoqda.

"As" tarqatgan xabarga ko‘ra, prokuror futbolchiga 6 oylik qamoq jazosini so‘ragan. Shuningdek, qoralovchi Diyego Kosta uchun 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortishni so‘ragan. Ma’lumotlarga qaraganda, sud yig‘ilishi 4 iyun, payshanba kuniga belgilandi.

Bundan bir yil ilgari Kosta 2014 yilgi faoliyati davomida 1 mln. yevro miqdorida soliq to‘lamaganlikda ayblangan edi.

Hujumchi ushbu mavsumda «Atletiko» safida La liga doirasida 13ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.
Manba: sports.ru

99   
Добавить комментарий
Ваше имя: *