Goal24.uz » Европа жамоалари » Rossiya » «Rotor» Premer-Ligada ishtirok etmasligi mumkin

«Rotor» Premer-Ligada ishtirok etmasligi mumkin

Автор: admin

Volgogradning «Rotor» klubi Rossiya Premer-Ligasida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin.
«Sovetskiy sport» xabariga ko‘ra, klub rahbariyati homiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlash rejasining yo‘qligi sababli, shu haqdagi qarorni muhokama qilmoqda.
Avvalroq, Premer-Ligada ishtirok etish uchun «Rotor»ga 1,38 mlrd rubl (yoki taxminan 18,5 mln dollar) mablag‘ zarurligi, Volgograd viloyati byudjeti bunday xarajatni qoplashga qodir emasligi, klub esa homiy topa olmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Rotor» koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan oldin yakunlangan Milliy Futbol Ligasida 1-o‘rinni egallab, Premer-Liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 
Jamoada O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq hujumchisi Maksim Shatskix bosh murabbiy yordamchisi sifatida ishlamoqda. Vitaliy Denisov esa himoyachi sifatida to‘p tepyapti.


85   
Добавить комментарий
Ваше имя: *