Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Sulsher o‘zi bilan birga o‘ynagan futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzdi

Sulsher o‘zi bilan birga o‘ynagan futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzdi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» sobiq hujumchisi va hozirda bosh murabbiyi sanalgan Ole-Gunnar Sulsher o‘zi bilan birga to‘p tepgan o‘yinchilardan ramziy terma jamoa tuzdi.
«Bu jamoada, albatta, men ham bo‘laman. Agar kichik maydonda har bir jamoada 6 kishidan o‘ynasa, gol urish uchun ko‘proq imkoniyatlar bo‘ladi. Muammo yo‘q, men gollar uchun javobgar bo‘laman.
Darvozani, ehtimol, Edvin van der Sar qo‘riqlashi mumkin. Balki, David de Xeadir. Lekin qo‘l ostimdagi o‘yinchilarni tanlay olmayman, shuning uchun Edvin bo‘la qolsin.
Himoyada Yap Stam bo‘lishi kerak. Giggz ham o‘z mahorati bilan yordam beradi. Yana Krishtianu Ronaldu, men, Roy Kin va Pol Skoulz. Necha kishi bo‘ldi?», – deb Sulsherning so‘zlarini keltiradi Goal.
E’tiborlisi, norvegiyalik mutaxassis yakunda 6 emas, 7 o‘yinchini tanladi.


70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *