Goal24.uz » Ўзбекистон » Superliga uchrashuvlari 5-iyundan boshlanadimi? Diyor Imomxo‘jayev javob berdi

Superliga uchrashuvlari 5-iyundan boshlanadimi? Diyor Imomxo‘jayev javob berdi

Автор: admin

Mutasaddining aytishicha, 5-iyundan futbol uchrashuvlariga ruxsat berilgani bilan Superliga bahslari aynan o‘sha kuni boshlanmaydi.
“Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xabarida, futbol uchrashuvlarini 5 iyundan boshlab davom ettirish mumkinligi ko‘rsatilgan. Biroq bu Superliga uchrashuvlarini aynan shu sanadan boshlash shart ekanini bildirmaydi. Biz futbolchilar o‘z formasini tiklab olishi, murabbiylar mavsum davomiga tayyorgarlik ko‘rib olishi uchun vaqt beramiz. Bu jarohatlanish holatlari nisbatan kamroq bo‘lishi hamda barcha masalalar puxta reja va tayyorgarlik bilan amalga oshirilishiga imkon beradi”, — deydi Imomxo‘jayev.
“Daryo” muxbiri ushbu masalaga oydinlik kiritish uchun Diyor Imomxo‘jayev bilan bog‘landi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mavsumni qayta boshlab olishga tayyorgarlik ko‘rish uchun klublarga kamida ikki hafta vaqt beriladi. Avvalroq Imomxo‘jayev futbol o‘yinlariga ruxsat tegishi bilan ikki hafta tayyorgarlik uchun taqdim etilishini bir necha bor ta’kidlagandi.
Shu tariqa Superliga bahslari, taxminan, 12 va 13-iyun sanalarida qayta boshlanadi.
Ma’lumot uchun, 2020-yilgi Superliga bahslari mart oyi o‘rtalarida 3-turga kelib to‘xtab qolgandi.
95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *