Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » «Liverpul» «Barselona» hujumchisiga qiziqmoqda

«Liverpul» «Barselona» hujumchisiga qiziqmoqda

Автор: admin

«Barselona»ning fransiyalik vingeri Usmon Dembele «Liverpul» qiziqishlari doirasiga tushgan, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Manbaning yozishicha, «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Leypsig»dan Timo Vernerni taklif eta olmasa, klub kataloniyaliklar hujumkor futbolchisi Dembeleni o‘z safiga qo‘shib olish ishlarini boshlaydi. 23 yoshli futbolchiga «Chelsi», «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublari ham qiziqish bildirgan.
«Barselona» klubi ikki yil avval «Borussiya»dan 103 million yevroga sotib olingan Dembeleni yozgi transfer oynasida 56 million yevroga sotib yuborishga tayyor. Kataloniya klubi jarohatlarga moyil bo‘lgan futbolchisi o‘rniga «Inter»dan Lautaroni taklif etmoqchi.
Ma’lumot uchun, Usmon joriy mavsumda «Barselona» safida jami 9 o‘yinda maydonga tushib, bor yo‘g‘i bitta golga mualliflik qilgan.


98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *