Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Chicharito: «Gvardiola, Klopp va Mourino hali Fergyuson darajasida emas»

Chicharito: «Gvardiola, Klopp va Mourino hali Fergyuson darajasida emas»

Автор: admin

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi, hozirda «Los-Anjeles Gelaksi»da o‘ynayotgan Xaver Ernandes mankunianliklarning sobiq ustozi Devid Moyes haqida gapirdi.
Ma’lumot o‘rnida, Moyes klubni 2014/2015 yilgi mavsumda boshqargan. Ayni paytda u «Vest Hem»da ishlamoqda.
«Rostini aytsam, men doim «qizil» bo‘lib qolaman. Moyes bilan menda hech qachon shaxsiy muammolar bo‘lmagan. Ammo ishonamanki, «MYU» uni tayinlab xatoga yo‘l qo‘ygan.
Bu xato edi. U yomon murabbiy emasdi, shunchaki ser Aleks Fergyusonning o‘rnini egallash qiyin edi. Hatto hozircha Gvardiola, Klopp va Mourino ham boss (Fergyuson) darajasida emas. Ular bu darajaga yaqin kelishmoqda.
Moyesning tayinlanishi ayrimlarning faoliyatida burilish yassadi. Men Rafael, Denni Uelbek va  boshqa futbolchilar o‘ynash uchun jamoadan ketishga majbur bo‘ldik», – deydi meksikalik forvard «Locker Room» shousida.


73   
Добавить комментарий
Ваше имя: *