Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » "Bavariya"da 55 yildan buyon bu ishni hech kim uddalay olmay kelayotgandi

"Bavariya"da 55 yildan buyon bu ishni hech kim uddalay olmay kelayotgandi

Автор: admin

"Bavariya" kecha Bundesliganing 29-turida "Fortuna"ni 5:0 hisobida mag‘lub etganidan xabaringiz bor.
Opta Sports tarqatgan xabarga qaraganda, Xans-Diter Flik boshqaruvidagi myunxenliklar 25 ta o‘yindan 22 tasida g‘alaba qozonishdi. E’tiborlisi, bu 1965 yildan buyon “Bavariya”da ishlagan murabbiylar orasidagi eng yaxshi ko‘rsatgich hisoblanadi.
Bungacha esa eng yaxshi natija Xosep Gvardiolaga tegishli edi. Ispaniyalik mutaxassis “Bavariya”da o‘tkazgan dastlabki 25 ta o‘yindan 21 tasida g‘alaba qozongan.
Flik “Bavariya”ni 2019 yilning noyabridan buyon boshqarib kelmoqda.


92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *