Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Manba: A Seriya o‘yinlari har kuni bo‘lib o‘tadi

Manba: A Seriya o‘yinlari har kuni bo‘lib o‘tadi

Автор: admin

Italiya chempionati tiklanganidan so‘ng o‘yinlar har kuni o‘tkaziladi, deb yozadi Corriere dello Sport. 
Bundan maqsad mavsumni 2 avgustgacha yakunlashga ulgurishdir. Shu bilan birga televideniye va klublar manfaati ham hisobga olingan.
Dushanba kungi o‘yinlar 23:00da, seshanba, chorshanba, payshanba kungi bahslar 21:00 va 23:00da boshlanadi. 
Juma kuni 21:00da faqat bir o‘yin o‘tkaziladi. Shanba va yakshanba kungi bellashuvlar esa uch xil vaqtda – 19:15, 21:30 va 23:45da bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, A Seriya 20 iyundan davom ettiriladi.


75   
Добавить комментарий
Ваше имя: *