Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Maxrez jiddiy yo‘qotishga uchradi. Jinoyat buyurtma asosida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin

Maxrez jiddiy yo‘qotishga uchradi. Jinoyat buyurtma asosida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin

Автор: admin

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Riyod Maxrez talonchilik qurboni bo‘ldi.
The Sun nashrining xabar berishicha, jazoirlik futbolchining Manchester markazidagi uyiga o‘g‘rilar hujum qilishgan, u paytda Maxrez uyda bo‘lmagan. Jinoyatchilar narxi 230, 40 va 35 ming funt turadigan qimmatbaho soatlarni, 150 ming funtlik braslet va 50 ming funt naqd pulni olib chiqib ketishgan. Ko‘rilgan zarar umumiy hisobda 500 ming funtga baholanmoqda.
Ushbu jinoyat buyurtma asosida amalga oshirilgan bo‘lishi taxmin qilinmoqda.


78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *