Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Keyn: «Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish uchun qolgan 9 o‘yindan 7-8tasida yutishimiz kerak»

Keyn: «Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish uchun qolgan 9 o‘yindan 7-8tasida yutishimiz kerak»

Автор: admin

Londonning «Tottenhem» klubi hujumchisi Harri Keyn jamoasining Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rinlar uchun kurashdagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
«Premer-liga finishida kuchli to‘rtlikdan joy olishimiz shart. Buni amalga oshira olishimizga ishonchim komil. Restartdan keyin bizni «Manchester Yunayted»ga qarshi juda muhim o‘yin kutib turibdi. O‘ylashimcha, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish uchun qolgan 9 o‘yindan 7-8tasida yutishimiz kerak. 
O‘zimni qanday his qilayapman? Olti oy davomida maydon tashqarisida qoldim. Bu uzoq muddat sanalsa-da, hozirda o‘zimni juda yaxshi his qilayapman. O‘yinlar davom etishini kutayapmiz», - deydi Keyn The Sun’ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, oldinroq Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti chempionat uchrashuvlarining 17 iyundan davom ettirilishi haqida rasman e’lon qilgan edi.


94   
Добавить комментарий
Ваше имя: *