Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » “Bavariya” jahon futboli lideriga aylanadi. Myunxenga buni uddalaydigan futbolchi kelmoqda

“Bavariya” jahon futboli lideriga aylanadi. Myunxenga buni uddalaydigan futbolchi kelmoqda

Автор: admin

Germaniyada kuchli qarshilik ko‘rsatadigan raqobatchisi qolmagan “Bavariya” jahon futbolida ham etakchilik qilmoqchi.
Klub faxriy prezidenti Uli Xyoness yangi erani boshlab beradigan futbolchilar  haqida ma’lumot berdi.
Noyer bilan shartnomani uzaytirdik. Alaba va Alkantara bilan kelishuvga erishishga yaqinmiz. Tarkibimizda Kimmix, Zyule va Levandovski bor. Ayni paytda Koman va Gnabrini olib qolishimiz kerak. Agar ularning qatoriga Leroy Sanening qo‘shilishini inobatga olsak, qudratli jamoa shakllanadi, - dedi Uli Xyonnes.
Myunxenliklar “Manchester Siti”dan Sane olish bo‘yicha bir yildan beri muzokaralarni davom ettirmoqda. Futbolchining o‘zi ham “Bavariya”da o‘ynashni istamoqda. O‘tgan yili transfer amalga oshishiga juda yaqin kelgandi. Lekin Sanening kutilmagan jarohati transferni to‘xtatib qo‘ydi.
Endi tobora pishib kelayotgan transfer bu yil amalga oshishi kutilmoqda.


91   
Добавить комментарий
Ваше имя: *