Goal24.uz » Ўзбекистон » Turk nashri: Masharipov "Trabzonspor" libosini kiyishni xohlamoqda, "Paxtakor" futbolchi uchun 2 million so'radi

Turk nashri: Masharipov "Trabzonspor" libosini kiyishni xohlamoqda, "Paxtakor" futbolchi uchun 2 million so'radi

Автор: admin

Eslatib o'tamiz, oldinroq "FotoMac" nashri "Paxtakor"ning Masharipov uchun 6 million evro so'rayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Keyinchalik "championat.asia" tahririyati vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida "Paxtakor" rahbariyati bilan bog'langan va shundan so'ng "FotoMac"ning xabari asossiz ekanligi malum bo'lgandi.
Karadeniz nashrining bir necha soat oldin tarqatgan malumotlariga ko'ra, "Trabzonspor" sobiq o'yinchisi SHota Arveladze boshqaruvidagi "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Evropaga yo'l olishni xohlamoqda va "Trabzonspor" libosini kiyishni xohlayotganini bildirgan.
O'zbekiston klubi Masharipov uchun "Trabzonspor"dan 2 million evro miqdorida mablag' so'ragan. Bundan tashqari turklar chap qanot o'yinchisi uchun har qanday to'lovlarga tayyor.
131   
Добавить комментарий
Ваше имя: *