Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » «Arsenal»ni yana bir yetakchisi tark etmoqchi

«Arsenal»ni yana bir yetakchisi tark etmoqchi

Автор: admin

Londonning «Arsenal» klubini yozda tark etmoqchi bo‘lgan futbolchi bitta emas. Per-Emerik Obameyangdan tashqari himoyachi Ektor Belerin ham klubni tark etishni rejalashtirgan, deya yozadi ESPN.
Manbaning yozishicha, ispaniyalik himoyachi «Arsenal» klubining yuqori o‘rinlar uchun kurash olib bormayotgani va yangi mavsumda ham o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ymayotgani uchun klubni tark etmoqchi. Shu sababli u jamoa rahbariyati tomonidan shartnomani uzaytirish borasidagi takliflarni rad etib kelmoqda. Belerin Chempionlar ligasida muntazam qatnashadigan, sovrinlar uchun kurash olib boradigan klub safiga o‘tishni maqsad qilgan. 
«Kanonirlar» joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 29-turdan keyin 9-o‘rinni egallab turibdi. 
Xabarlarga ko‘ra, 25 yoshli ispaniyalik himoyachiga Italiyaning «Inter» va «Yuventus» klublari qiziqish bildirmoqda.


89   
Добавить комментарий
Ваше имя: *