Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Messining «Barsa» bilan shartnomasidagi bandlardan biri o‘z kuchini yo‘qotdi

Messining «Barsa» bilan shartnomasidagi bandlardan biri o‘z kuchini yo‘qotdi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi endi yozgi transfer oynasida «Barselona»ni tekinga tark eta olmaydi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, 32 yoshli argentinalik goleadorning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasida Messining jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkinligi haqida band bo‘lgan. 
«Ushbu shartning amal qilish muddati 31 may kuni o‘z kuchini yo‘qotdi va endi Messi ketishga qaror qilgan taqdirda ham klubni erkin agent sifatida tark eta olmaydi», - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Messi 2017 yilda shartnomasini 2021 yilning yoziga qadar uzaytirgandi. O‘sha kelishuvda futbolchida jamoani tark etish istagi paydo bo‘lsa, buni 1 iyun kuniga qadar klub rahbariyatiga bildirish shartligi haqida band bo‘lgan. Shu bois Messi bilan vaziyatni «Manchester Siti» kuzatib borayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel joriy mavsum La Ligada 22 o‘yinda 19ta gol va 12ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


84   
Добавить комментарий
Ваше имя: *