Goal24.uz » Ўзбекистон » Masharipov kim bilan raqobatlashishi kerak?

Masharipov kim bilan raqobatlashishi kerak?

Автор: admin

Hamyurtimiz uchun voqealar   rivojining keyingi bosqichi ijobiy ko'rinish olsa, uning "Trabzonspor"dagi faoliyati qanday kechishi mumkin? Masharipov turk chempionati, Evropa CHempionlar Ligasi uchun tayyormi?
Jaloliddin amplua jihatidan chap qanot vingeri hisoblanadi. So'nggi yillarda Trabzon shahri jamoasining ushbu poziciyasida Entoni Nvakaeme to'p tepib keldi. Turk matbuotida Masharipov haqida xabarlar tarqalgach, hamyurtimiz aynan nigeriyalik futbolchining o'rnini egallashi haqida gapirila boshladi. Ammo klub o'yinlari arxiviga nazar solar ekansiz, bu fikrlarning mutloq xatoligiga amin bo'lasiz.
Etibor qiling, Nvakaeme mahsuldorlik bo'yicha jamoaning ikkinchi raqamli futbolchisi hisoblanadi. Turkiya chempionatining joriy mavsumida 23 o'yin o'tkazgan 31 yoshli futbolchi 10 gol, 6ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan. "Qora dengiz bo'ronlari" tarkibida yana bir chap qanot yarim himoyachisi bor — niderlandiyalik Bilol Bashachikoglu. Mazkur futbolchi "Trabzonspor" safiga 2020 yilning 20 yanvarida kelib qo'shildi. Superliga pauzasiga qadar 4ta uchrashuvda, umumiy hisobda 18 daqiqa maydonda harakatlandi, xolos. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi va turklar katta ehtimol bilan uning o'rniga, Nvakaeme bilan raqobat qilishi uchun yangi nomzodlarni izlay boshlagan.

Demak, Masharipov "Trabzonspor" safiga borib qo'shilgan taqdirda ham, nigeriyalik futbolchi bilan asosiy tarkib uchun jiddiy tarzda raqobatlashishiga to'g'ri keladi. Klub mutasaddilarining maqsadi ham shundan iborat — raqobatni his qilmay qo'ygan Entoni uchun yaxshi konkurent topish. Zero, raqobat bor joydagina o'sish bo'ladi.

Entoni Nvakaeme kim o'zi?
1989 yil Nigeriyaning Lagos shahrida tug'ilgan, bo'yi 185 smli (chap qanotga ixtisoslashgan) hujumchi. Asosiy zarbalarini o'ng oyog'ida yo'llaydi, jismoniy holati yaxshi, texnik o'yinchi, tezligi ham yomon emas. Daniya futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, "Trabzonspor"ga 2018 yilda 1,1 mln evro evaziga kelib qo'shilgan. Bunga qadar Ruminiya va Isroil chempionatlarida to'p tepgan. Turk klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portalida 4 mln evroga baholangan. Quyidagi lavhada uning maydondagi harakatlariga baho berishingiz mumkin.


Xullas, oson bo'lmasligi aniq. Ammo muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, bu Masharipov uchun ham yangi chaqiriq bo'lar edi. Siz bu xususda qanday fikrdasiz?
135   
Добавить комментарий
Ваше имя: *