Goal24.uz » Европа жамоалари » «Yangi Zidan»va «yangi Drogba»lar hozir qayerda?

«Yangi Zidan»va «yangi Drogba»lar hozir qayerda?

Автор: admin

Ravel Morison
 
Shaxsan Aleks Fergyuson tomonidan bir necha bor e’tiroflarga loyiq ko‘rilgan Morisonning kelajagi porloq ekanligiga barcha ishongan edi. “Manchester Yunayted”ning yoshlar jamoasidagi ishonchli o‘yinlaridan so‘ng, 21 asrning ilk o‘n yilligi chog‘ida Ravel shu qadar iqtidorli ediki, hatto ko‘plab murabbiylar tez orada unga 7 raqamni topshirishlarini taxmin qila boshladi. Afsuski, Morisondagi iqtidordan ko‘ra, tartibsiz hayot kechirish istagi ko‘chliroqbo‘lib chiqdi. Mashg‘ulotlarga kechib kelish, katta maosh talab qilish singari turli “erkaliklar” qilishni boshlagan futbolchi bilan “qizil iblislar” 2012-yilda shartnomani bekor qilishga qaror qilishdi. Oqibatda, qahramonimiz “Vest Xem” safiga borib qo‘shildi. Afsuski, “yulduzlik kasali”ga erta chalingan Morison faoliyatini oyoqqa qo‘yishni uddalay olmadi. Keyin ikki mavsum davomida turli jamoalarda ijara asosida to‘p surdi va yakunda “bolg‘achilar” ham u bilan shartnomani bekor qildi. Keyin Morisonning dunyo bo‘ylab sayohati boshlandi. Avvaliga Rim, keyin Mexiko, Stokgolm shaharlarida to‘p tepga futbolchi yana Angliyaga qaytib keldi. “Sheffild” bilan shartnoma imzoladi, biroq 3 ta o‘yindagina zaxiradan maydonga tushdi xolos. Keyin “Midlsbro”ga ravona bo‘ldi. Afsuski, Ser Aleks o‘zining eng iqtidorli shogirdlaridan biri sifatida e’lon qilgan Morissonni ayni damda deyarli hech kim eslay olmaydi.
Suleyman Kulibali
jpg 
2011-yilda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi JCHda porlagan Kulibalini darrov eslagan bo‘lsangiz kerak. Musobaqa davomida 9 ta gol kiritgan futbolchi Braziliyaga qarshi uchrashuvda xet-rik qayd etib grand jamoalar e’tiborini qozonadi. O‘sha uchrashuvdan so‘ng, “yangi Drogba” nomini olgan ivuarlik futbolchi uchun APL klublari ochiqchasiga jang olib borishdi va bu kurashda “shporlar”ning qo‘li baland keldi. Afsuski, og‘ir o‘tgan moslashuvjarayoni sababli uni Italiyaga ijara asosida to‘p surishga jo‘natishadi. Nisbatan kuchsizroq “A seriya”da ham o‘zini ko‘rsata olmagach, London klubi futbolchini ortga qaytarish fikrdan voz kechishga majbur bo‘ladi. Ayni damda “yangi Drogba” deb ta’rif berilgan futbolchi 25 yoshda va u Tunis klubi sharafini himoya qilmoqda.
Bruno Sheyru
Jurnalistlar yosh va iqtidorli futbolchilarga afsonaviy futbolchilarning nomini biriktirib qo‘yishni xush ko‘rishadi. Ba’zan murabbiylar ham qaysidir futbolchining taqdirini birgina so‘z bilan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Misol uchun “Liverpul”ning sobiq ustozi Jerar Uliye “Lill” sharafini himoya qilayotgan Sheyruni ikkinchi Zidan bo‘lishini bashorat qiladi. To‘g‘ri, o‘sha davrlarda Bruno 19 yoshliiqtidorli futbolchi edi, biroq uning Zidan darajasiga chiqishi haqida aytilgan so‘zlar bosimni oshirib yuboradi. 2002-yilda dunyoning eng kuchli yarim himoyachisi bo‘lishi taxmin qilingan Bruno “Liverpul” fubolchisiga aylanadi. APL muxlislari murabbiyning so‘zlaridan so‘ng undan har bir uchrashuvda mo‘’jiza kutishniboshlab yuborishadi. Bir, ikki, 10 ta o‘yin biroq mo‘’jizadan darak yo‘q. Sheyru jismoniy holati sababli pozision xatolarga yo‘l qo‘yishni boshlagach, uni chetga surib tashlashni boshlashadi. Qarabsizki, Bruno aslida hech qanday “Zidan 2” emas. Bechora futbolchi ortga qaytib ketdi va butun faoliyatini “Liga 1”da o‘tkazdi.
Joshua MakIkran
Yosh himoyachi “Chelsi” Karlo Anchelotti qo‘l ostiga o‘tgach katta sahnaga chiqib keldi. Jismonan baquvvat, chaqqon 17 yoshli o‘spirin Jon Terrining o‘rnini bosishi taxmin qilingan edi,biroq yakunda barchasi kutilmagan tomonga burilib ketdi. Anchelotti Joshuani asosiy tarkibga olib o‘tdi va APL uchrashuvlaridan birida maydonga tushurdi. 2010-yilda o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazgan himoyachi barchada iliq taassurot qoldirgani bor gap. Barcha MakIkranda ikkinchi Terrini ko‘rayotgan bir paytda, Anchelotti ketdi va uning o‘rnini Andre Villash-Boash egalladi. Yosh mutaxassis MakIkranda hech narsa ko‘rmadi shekilli,darrov “Suonsi”ga, keyin “Uotfurd”ga ijaraga berib yubordi. Bechora himoyachi shartnomasining qolgan ikki yilini ham ijara asosida o‘tkazishdan boshqa chora topa olmadi.Bugungi kunda chempioshipda jon saqlash uchun kurash olib bormoqda.
Adnan Yanuzay
 
Adnan haqida Yevropa nashrlari nimalar yozmadi deysiz?! Belgiyalikyosh futbolchi uchun Rayn Giggzning 11-raqami muomalaga qaytarildi, unga o‘yin amaliyoti taqdim etildi, ishonch bildirildi. Devid Moyes 2013/14 yilgi mavsumda Adnanni dunyo futboliga olib kirdi. Tan olish lozim, Yanuzay o‘zining ilk professional mavsumini juda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazdi. Afsuski, keyingi mavsumlarda uning o‘yinida keskin pasayish kuzatila boshladi. “Borussiya Dortmund”dagi omadsiz yillar, “Sanderlend”dagi havoga uchgan mavsum va yakunda “Real Sosyedad” bilan tuzilgan shartnoma. To‘g‘ri, Adnan ispan klubiga muqim o‘rnashib oldi, biroq u haqida birorta nashr maqola e’lon qilmay qo‘ydi. Muxlislar ham uni deyarli unutib yuborishdi. Vaholanki, ikkinchi Giggz bo‘lishi kerak bo‘lgan yigit o‘z davrida sayyoramizning eng iqtidorli futbolchi deb ta’riflangan edi.
Jordan Ayb
 
Jordan 15 yoshu 311 kun chog‘idayoq “Uikomb” jamoasida o‘zining debyut o‘yinini o‘tkazadi. Omadli startdan so‘ng, barcha grandlar uning transferi bilan qiziqib qoladi. E’tiborlisi shundaki, Ayb kelajakda o‘sish uchun “Liverpul”ni tanlaydi va 2011-yilda “qizillar” safiga kelib qo‘shiladi. Jordan “Liverpul”ning yoshlar jamoasida o‘zini har tomonlama ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. 2014/15 yilgi mavsumga kelib asosiy jamoada ham ko‘rinish berishni boshladi. 2016-yilda, klub unga ishonch bildirdi va u bilan yangi shartnoma imzoladi. “Liverpul” Jordan jamoani tark etgan Rahim Sterlingning o‘rnini egallashini mo‘ljallagan edi, afsuski Ayb ishonchni oqlay olmadi. Keyinchalik Ayb “Bornmut”ga jo‘nab ketdi. Achinarlisi, hujumchi 4 yil davomida atigi 3 ta gol kiritdi xolos.
GaYEl Kakuta
 
Kakutani o‘z tengdoshlari ichidagi eng iqtidorli futbolchisi deb bejiz ta’riflashmagan. “Chelsi”ning yoshlar jamoasida har bir uchrashuvda raqiblar darvozasiga 5 tadan gollar kiritgani bois, uni ko‘p o‘tmay asosiy jamoaga jalb qilishdi. Iqtidorli yarim himoyachi “Chelsi”dagi bosimga,har qancha urunmasin,bardosh bera olmadi. 16ta omadsiz uchrashuvdan so‘ng, “aristokratlar”ning Kakuta bo‘lgan ishonchi to‘liq so‘ndi. Oqibatda, klub “Sevilya”ga uni qo‘yib yuboradi. Ispaniyadagi omadsiz mavsumdan so‘ng, Kakuta pul topish uchun Xitoyga ravona bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay Xitoyda ham qo‘nib topa olmay “Amyen” bilan shartnoma imzoladi. 28 yoshli futbolchi uchun bir paytlar grandlar 50 million yevro to‘lashga tayyorligiga hozir hech kim ishonmasa kerak?
120   
Добавить комментарий
Ваше имя: *