Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Breshia» prezidenti Tonaliga «Barselona»dan qanday taklif bo‘lganini aytdi

«Breshia» prezidenti Tonaliga «Barselona»dan qanday taklif bo‘lganini aytdi

Автор: admin

«Breshia» prezidenti Massimo Chellini jamoaning 20 yoshli yarimhimoyachisi Sandro Tonaliga Yevropaning turli klublaridan bo‘lgan qiziqish haqida gapirdi.
«Tonalining o‘ziga xos maqsadlari bor, «PSJ» prezidenti Sandro Parijda o‘ynashini xohlaydi. U menga xat yozdi, ammo Tonali Fransiyaga borishni istamaydi. U «Inter» yoki «Yuventus»ga o‘tishni afzal ko‘radi.
«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis 40 mln yevro taklif qildi. Koronavirus pandemiyasidan avval «Barselona» 65 mln yevro va har birining narxi 7,5 mln yevrodan bo‘lgan 2 o‘yinchisini taklif qildi, ulardan biri qanot himoyachisi edi. Kataloniya klubi rahbarlari o‘zlariga yoqmagan javobni olishdi. 
Sandro – to‘pni ko‘rganda yonadigan bola. Uning maydonda o‘yin natijasiga ta’sir qiladigan ishlarini ko‘rasiz. U 40 metrga ham juda aniq uzatmalar beradi, bu uning kuchli tomonidir. U yarimhimoyada har qanday taktikada o‘ynay oladi. 
Shaxsiy fazilatlariga kelsak, u jamoa uchun o‘zini qurbon qiladi. Chempionat to‘xtatilguniga qadar u mendan kasalligini yashirdi va sheriklariga yordam berishni xohladi», – deb Chellinining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Corriere dello Sport.
Tonali – «Breshia» tarbiyalanuvchisi. U bu mavsumda A Seriyada 23ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan.


73   
Добавить комментарий
Ваше имя: *