Goal24.uz » Жаҳон » Yozef Blatter: “Infantino juda takabbur. U futbolni katta pul mashinasiga aylantirmoqchi”

Yozef Blatter: “Infantino juda takabbur. U futbolni katta pul mashinasiga aylantirmoqchi”

Автор: admin

“Janni Infantino futbolni katta pul mashinasiga aylantirmoqchi. U hamma narsaning ko‘p bo‘lishini xohlayapti.
48 ta terma jamoa ishtirokida Jahon Kubogi, 24 jamoadan iborat klublar o‘rtasidagi yirik Jahon chempionati, ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirokchilar sonini 24 tadan 32 taga ko‘paytirish. Bularning barchasini qilish imkonsiz.
Infantino o‘zi bilan o‘zi o‘ynayapti, chunki u o‘z qobig‘iga o‘ralib olgan. Shuningdek, o‘ziga bino qo‘ygan. U takabbur va assotsiatsiya masalalarini uning rahbarlari bilan muhokama qilmay qo‘ygan. Infantino faqat davlat rahbarlari bilan muloqot qilmoqda”, — deydi Blatter.
73   
Добавить комментарий
Ваше имя: *