Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » “Real” La Liga joriy mavsumidagi uy o‘yinlarini “Santyago Bernabeu”da o‘tkazmaydi

“Real” La Liga joriy mavsumidagi uy o‘yinlarini “Santyago Bernabeu”da o‘tkazmaydi

Автор: admin

“Biz qolgan uy uchrashuvlarini “Alfredo di Stefano” arenasida o‘tkazishga qaror qildik. Bu “Santyago Bernabeu”dagi qurilish ishlarining tezlashishiga xizmat qiladi”, — deydi Peres.
Avvalroq “Real”ning asosiy uy stadionida ta’mirlash ishlari boshlangani ma’lum qilingandi. Aslida ta’mirlash ishlari mavsumlar oralig‘ida boshlanishi rejalashtirilgandi. Biroq klub koronavirus sababli yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, ishlarni boshlab yuborgandi. Mazkur loyiha 570 million yevroga baholangan bo‘lib, o‘yingohning tashqi ko‘rinishida o‘zgarish yuz beradi.
Eslatib o‘tamiz, La Liga 13-iyundan davom ettiriladi. “Real” mavsum restartidan keyingi dastlabki bahsni, 14-iyun kuni “Eybar”ga qarshi o‘tkazadi.
“Alfredo di Stefano” stadioni 2006-yilda barpo qilingan bo‘lib, o‘z bag‘riga 6 ming tomoshabinni sig‘dira oladi. Biroq Primera joriy mavsumi muxlislarsiz o‘yingohlarda o‘tadi.


“Alfredo di Stefano” stadioni
Foto: “Real”

75   
Добавить комментарий
Ваше имя: *