Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Berbatov YeCHLning asosiy favoritini aytdi

Berbatov YeCHLning asosiy favoritini aytdi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov bu yilgi Chempionlar ligasining favoritlari haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Men «Bavariya»ga tikkan bo‘lardim. Ehtimol, Bundesligani muntazam kuzatib borishim sababli bo‘lsa kerak, bu jamoaning yuqori darajali o‘yini va futbolchilari hayratlantiradi. Uzoq tanaffus «Bavariya»ning Chempionlar ligasidagi yurishiga qay daraja ta’sir qilishini bilmasam-da, bu jamoa boshqa grandlardan ko‘ra ustunlikka egadek ko‘rinmoqda. Shu bois Myunxen klubini turnir favoriti deb bilaman.
Shuningdek, «Atletiko» ham o‘yin jihatdan menga yoqadi. Ular ham tanaffusgacha yuqori darajali futbol namoyish etishgandi. «Liverpul»ni musobaqadan chiqarib yuborish uchun juda kuchli jamoa bo‘lish kerak. Simeone klubi buni maydonda ko‘rsata oldi», – deydi Berbatov El Mundo Deportivo nashriga.


91   
Добавить комментарий
Ваше имя: *