Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Jennaro Gattuzoning singlisi 37 yoshida vafot etdi

Jennaro Gattuzoning singlisi 37 yoshida vafot etdi

Автор: admin

Football Italia nashrining xabariga ko‘ra, bugun, 2-iyun kuni italiyalik mutaxassisning singlisi Francheska Gattuzo 37 yoshida vafot etdi. Hozircha o‘limning aniq sabablari ko‘rsatilmagan. Biroq ma’lum bo‘lishicha, marhuma fevral oyida kasalxonaga yotqizilgan va shu vaqtga qadar reanimatsiyada bo‘lgan.
Voqea yuzasidan “Milan” klubi Gattuzo va uning oilasiga hamdardlik bildirdi. Francheska uzoq vaqt davomida Milan klubida kotiba bo‘lib ishlagan. Gattuzo o‘zi esa klubning afsonasi hisoblanadi.
“Francheska Gattuzo bu kasallikni xuddi, klub va muxlislarga har kuni ulashgan kuch va quvvati bilan qarshi oldi. Rino (Jennaro Gattuzo nazarda tutilmoqda — “Daryo”), biz sen va oilangga hamdardlik bildiramiz. Alvido, qadrli Francheska”, — deyiladi “Milan”ning Twitter’dagi sahifasida.
97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *