Goal24.uz » Ўзбекистон » «Metallurg» – «Lokomotiv» o‘yini Toshkentga ko‘chirildi

«Metallurg» – «Lokomotiv» o‘yini Toshkentga ko‘chirildi

Автор: admin

Superliganing 4-turidan o‘rin olgan bir o‘yinning o‘tkazilish joyi o‘zgardi.
PFL xabariga ko‘ra, «Metallurg» - «Lokomotiv» bahsiga Bekobod emas, balki Toshkent shahri mezbonlik qiladi.
Hozirda Bekobod shahri Respublika maxsus komissiyasi tomonidan xavfsizlik darajasi bo‘yicha toifasiga ko‘ra «qizil», ya’ni xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan hududga kirgani uchun, o‘yin ikki tomonning roziligiga ko‘ra Toshkent shahriga ko‘chirildi. Shu tariqa, bellashuvga «Lokomotiv» klubi mezbonlik qiladi.
Jamoalarning ikkinchi davradagi o‘yini Bekobodda o‘tkaziladi.


126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *