Goal24.uz » Ўзбекистон » UEFA mintaqasida porlagan o‘zbek legionerlari

UEFA mintaqasida porlagan o‘zbek legionerlari

Автор: admin

UEFA a’zosi Qozog‘iston jamoalarida o‘zbek futbol maktabi tarbiyalanuvchilari yuqori cho‘qqilarni zabt etgan. Prosports.kz sayti mamlakat futbolida chuqur iz qoldirgan o‘zbekistonlik futbolchilarning ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Bugungi kunda o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilarini qozoq jamoalarida deyarli uchratmaymiz. Lekin yaqin o‘tmishda o‘zbekistonlik charm to‘p ustalari Qozog‘iston jamoalarida hal qiluvchi rol o‘ynagani ayni haqiqat.
Eng qizig‘i, O‘zbekiston futbolchilari ramziy terma jamoasidan olti karra Ukraina chempioni, mashhur to‘purar, Evropa chempionlar ligasida birinchi bo‘lib gol urgan osiyolik futbolchi Maksim Shatskixga joy topilmadi. Chunki Qozog‘iston futbolida Shatskixdan ko‘proq muvaffaqiyatga erishgan o‘zbek futbolchilari anchagina ko‘p.
Demak, Qozog‘iston chempionatlarida o‘ynagan O‘zbekiston futbolchilar ramziy terma jamoasi bilan tanishamiz.
Darvozabon:
Pavel Bugalo: 21.08.1974
Qozog‘istondagi klublari: «Jenis», «Jetisu», «Ordabasi»
Bugalo Qozog‘istonga mohir golkiper sifatida keldi va 27 yoshida “Jenis” bilan shartnoma tuzdi va jamoa tarkibida mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.

Himoyachilar:
Fevzi Davletov: 20.09.1972
Qozog‘istondagi klublari: «Irtish», «Jetisu», «Megasport»
Fevzi Davletov 2000 yillarning boshida “Irtish”ning eng asosiy o‘yinchisi edi. O‘zbek futbolchisi jamoaning ikki marta chempion bo‘lishiga ulkan hissa qo‘shgan.

Spartak Murtazoev: 07.10.1977
Qozog‘istondagi klublari: «Ordabasi», «Yassi-Sayram», «Atirau»
Spartak sovrinlarga ega chiqmagan bo‘lsa-da, qozog‘istonlik futbol muxlislari mehrini qozondi.
Marat Kabaev: 27.05.1967
Qozog‘istondagi klublari: «Traktor», «Ansat», «Kaysar-Munay»
Marat Kabaev Qozog‘iston futbolidagi ilk o‘zbek legionerlaridan. U tarixiy birinchi chempionatda “Traktor” jamoasining g‘alabasini ta’minlagan. Bu jamoa nomi keyinchalik “Ansat”ga o‘zgartirildi. Hozir esa “Irtish” nomini olgan.

Yarim himoyachilar:
Oleg Sabirov: 13.03.1981
Qozog‘istondagi klublari: «Ordabasi», «Megasport», «Jetisu», «Tobol», «Aktobe», «Jetisu», «Vostok», «Atirau», «Sunkar»
O‘zbekistonning ikki karra chempioni sifatida kelgan Oleg Sobirov o‘nga yaqin jamoada to‘p surdi. Eng katta yutug‘ini 2010 yilda qo‘lga kiritdi. O‘shanda u “Tobol” safida chempion bo‘lgandi.
Viktor Karpenko: 07.09.1977
Qozog‘istondagi klubi: «Qayrat»
Sal kam ikki yil to‘p surgan Karpenko o‘z mahorati bilan hammani qoyil qoldirdi. Dastlabki urinishda chempionat sovrindori bo‘lgan Viktor, keyingi yili sakkizta gol bilan jamoasining eng zo‘r to‘purariga aylandi.

Marat Bikmaev: 01.01.1986
Qozog‘istondagi klubi: «Aktobe»
Bikmaev og‘ir jarohat tufayli bor iqtidorini namoyon etolmagan bo‘lsa-da, Qozog‘iston chempionatining oltin va bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Timur Kapadze: 05.09.1981
Qozog‘istondagi klubi: «Aktobe»
Bu futbolchi uch yil ichida Qozog‘iston chempionati oltin, kumush va bronza medalini jamladi. Qozog‘iston Superkubogini ham oldi.
Hujumchilar:
Ulug‘bek Baqoev: 28.11.1978
Qozog‘istondagi klublari: «Tobol», «Jetisu», «Irtish»
Qozog‘iston futbolidagi eng zo‘r legionarlardan biri. Ulug‘bek Baqoev eng ko‘p gol urgan chet ellik futbolchi. U 111 ta gol bilan Qozog‘iston chempionatlari tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida oltinchi o‘rinni qayd etgan. Qozog‘iston chempioni va mamlakat kubogi sohibi.

Ja’far Irismetov: 23.08.1976
Qozog‘istondagi klublari: «Qayrat», «Olma-Ota», «Aktobe»
Ja’far ham faoliyati davomida chempionlik va kubok sohibi bo‘ldi.
Aleksandr Geynrix: 06.10.1984
Qozog‘istondagi klublari: «Aktobe», «Ordabasi»
Geynrix uch mamlakat – O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston chempioni. Bundan tashqari, qozoq futbolidagi faoliyati davomida kumush va bronza medallariga ham ega chiqqan. Super kubokni ham qo‘lga kiritgan.
Zahira:
Sergey Zaxaretskiy (darvozabon): 12.01.1977
Qozog‘istondagi klublari: «Alma-Ata», «Okjetpes»
Vladimir Umarov: 22.07.1979
Qozog‘istondagi klubi: «Taraz»
Andrey Vlasichev: 27.01.1981
Qozog‘istondagi klubi: «Ordabasi»
Egor Gladkov: 17.02.1979
Qozog‘istondagi klublari: «Esil», «Okjetpes», «Jetisu», «Taraz»
Yorqin Nazarov: 11.10.1974
Qozog‘istondagi klublari: «Sintez», «Taraz», «Yassi», «Ordabasi»
Mixail Savochkin: 27.11.1979
Qozog‘istondagi klublari: «Taraz», «Gornyak»
Aleksandr Karsev: 01.04.1981
Qozog‘istondagi klubi: «Taraz»
Abduqahhor Ma’rufaliev: 10.05.1971
Qozog‘istondagi klubi: «Esil-Bogatir»
Muxtor Qurbonov: 26.01.1975
Qozog‘istondagi klublari: «Qayrat», «Yassi», «Jetisu»
Farhod Mirsalimbaev: 15.10.1972
Qozog‘istondagi klublari: «Taraz», «Esil-Bogatir», «Vostok»
Dilmurod Nazarov: 12.04.1976
Qozog‘istondagi klublari: «Qaysar», «Taraz»
Sherzod Nazarov: 21.11.1979
Qozog‘istondagi klubi: «Ordabasi»
Maksim Shatskix: 30.08.1978
Qozog‘istondagi klubi: «Lokomotiv»
Ramziy jamoa bosh murabbiyi:
Temur Kapadze
627   
Добавить комментарий
Ваше имя: *