Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Gvardiolaning ukasi: “Xosep terma jamoada ishlashni orzu qiladi”

Gvardiolaning ukasi: “Xosep terma jamoada ishlashni orzu qiladi”

Автор: admin

“Pep qachondir milliy jamoani boshqarishni orzu qiladi. Ko‘ramiz, kelajakda nima bo‘lar ekan. Aniq taklif bo‘lgan vaqtni to‘g‘ri baholay olish zarur. Hozir bu haqda gapirishga erta”, — deydi Pere Gvardiola.
Ma’lumot o‘rnida, Pep Gvardiola faoliyati davomida “Manchester Siti”dan tashqari “Bavariya” va “Barselona” klublarida ustozlik qilgan. U katalon klubi bilan La Liga va Ispaniya Superkubogida 3 martadan, Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, Ispaniya Kubogida 2 martadan zafar quchgan. “Bavariya”da 3 bor Bundesligada, 2 bor Germaniya Kubogida, bir martadan UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan bo‘lsa, “shaharliklar” bilan 2 martadan Angliya chempionati hamda Superkubogida, 3 bor Liga Kubogi va 1 marta mamlakat Kubogida g‘alaba qozongan.
Uning “Manchester Siti” bilan amaldagi kelishuvi 2021-yilgacha amal qiladi.
96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *