Goal24.uz » Европа жамоалари » PSJ Holand transferidan voz kechdi. «Real» Erling uchun asosiy da’vogarga aylandi

PSJ Holand transferidan voz kechdi. «Real» Erling uchun asosiy da’vogarga aylandi

Автор: admin

PSJ klubi «Borussiya D» hujumchisi Erling Holand transferidan voz kechdi, deya xabar qilmoqda FourFourTwo.

Ta’kidlanishicha, avvalroq parijliklar klubi norvegiyalik hujumchi uchun da’vogarlar qatorida turgandi, biroq klub o‘z qarorini o‘zgartirgan va boshqa variantlarga e’tibor qaratishni ma’qul topgan. Endilikda Holand uchun asosiy da’vogar «Real» bo‘lib qolmoqda.

Avvalroq dortmundliklar hujumchini 2022 yilga qadar qo‘yib yubormasligi xabar qilingandi.

Erling 2020 yilning yanvarida «Zalsburg»dan «Borussiya» safiga kelib qo‘shilgandi. Nemis klubi transfer uchun 20 million yevro sarflagan. Joriy mavsum 19 yoshli futbolchi Bundesligada 9 o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol va ikkita samarali uzatma muallifiga aylandi.

Futbolchining «Borussiya» bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar amal qiladi. 2021 yilning yanvaridan shartnomada futbolchini 75 million yevro tovon puli evaziga sotib olish mumkinligi haqidagi band faollashadi.
Manba: daryo.uz

104   
Добавить комментарий
Ваше имя: *