Goal24.uz » Жаҳон » Ashraf Hakimi – Afrikaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi

Ashraf Hakimi – Afrikaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi

Автор: admin

Marokash milliy jamoasi va «Real» himoyachisi Ashraf Hakimi Afrikaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Bu haqda Afrika futbol konfederatsiyasining (CAF) «tvitter»dagi rasmiy sahifasi ma’lum qildi.
Hakimi ushbu sovrin uchun raqobatda «Vilyarreal»ning nigeriyalik hujumchisi Samuel Chukvuyeze va «Lill»ning nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimxendan ustun keldi.
Eslatib o‘tamiz, Hakimi 2018 yil yozidan beri «Borussiya» D safida ijarada o‘ynaydi. Marokashlik himoyachisi bu mavsumda Bundesligada 17ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urdi va 6ta golga assistentlik qildi.


150   
Добавить комментарий
Ваше имя: *