Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Son Hyon Min harbiy xizmat haqida: Uch hafta og‘ir o‘tdi

Son Hyon Min harbiy xizmat haqida: Uch hafta og‘ir o‘tdi

Автор: admin

“Yaxshigina tajriba orttirdim. U yerda nimalar qilganimni aytolmayman, ammo harbiy xizmat menga yoqdi. Uch hafta og‘ir o‘tdi.
Dastlabki kunlarda biz bir-birimizni yaxshi tanimasdik, shu bois biroz g‘alati bo‘ldi. Ammo tez orada tanishib oldik. Kunni birga o‘tkazishimiz kerak, xonada esa 10 kishi edik. Shuning uchun bir-birimiz bilan yaqin bo‘lib ketdik.
Hammamiz birga ishladik va bir-birimizga yordam berdik. Avvaliga yigitlar men bilan gaplashishga qiynalishdi, uyalishdi. Lekin keyinchalik barchasi o‘z iziga tushdi va biz vaqtimizni chog‘ o‘tkazdik”, — deydi Son.
Son Hyon Min 2015-yilda Germaniyaning “Bayer” klubidan “shporlar” safiga o‘tgan. U joriy mavsumda APLning 21 o‘yinida maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golga hammualliflik qildi. Uning London klubi bilan kelishuvi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.
114   
Добавить комментарий
Ваше имя: *