Goal24.uz » Европа жамоалари » "Roma" "Chelsi" hujumchisini tekinga qo‘lga kiritishga yaqin turibdi

"Roma" "Chelsi" hujumchisini tekinga qo‘lga kiritishga yaqin turibdi

Автор: admin

"Roma" klubi tez orada "Chelsi" hujumchisi Pedro Rodriges bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “bo‘rilar” 32 yoshli ispaniyalik futbolchiga moliyaviy tomondan yaxshi taklif bildirishgan. Pedroda MLS klublaridan ham takliflar mavjud, lekin u Evropada qolmoqchi.
Pedroning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli ham u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin. U joriy mavsum 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *