Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Messi «Barselona» mashg‘ulotida ishtirok etmadi

Messi «Barselona» mashg‘ulotida ishtirok etmadi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi jamoaning so‘nggi mashg‘ulotida ishtirok etmadi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchining mashg‘ulotda ishtirok etmagani jarohat bilan bog‘liq emas. Hujumchi individual dastur asosida shug‘ullandi. Uning jismoniy holati joyida. Messi reja asosida mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jarohatdan forig‘ bo‘lgan Samuel Umtiti va Ansu Fati umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi. Shuningdek, asosiy tarkib bilan Inyaki Penya, Araujo, Riki Puch, Aleks Kolyad, Chumi, Xorxe Kuenka va Kike Saverio kabi yosh futbolchilar bilan shug‘ullanishdi.
Manba: sport24.ru

64   
Добавить комментарий
Ваше имя: *