Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Adidas Mesut O‘zil bilan hamkorlikni to‘xtatadi. Buning sabablaridan biri futbolchining siyosiy chiqishlari

Adidas Mesut O‘zil bilan hamkorlikni to‘xtatadi. Buning sabablaridan biri futbolchining siyosiy chiqishlari

Автор: admin

Sport anjomlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya 2013-yildan beri futbolchi bilan ishlab keladi. Yetti yillik kelishuv shartlariga ko‘ra, O‘zil 22 million funtga yaqin pul ishlab olgan.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, Adidas kompaniyasi rahbariyatining O‘zil bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilishining sabablaridan biri — so‘nggi yillarda futbolchining ishtirokidagi ko‘plab munozarali voqealardir.
O‘zil 2018-yilda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on bilan birga suratga tushganligi uchun ko‘plab tanqidlarga uchragandi.
2019-yilning dekabr oyida esa O‘zil Xitoy rasmiylarini mamlakatda yashayotgan uyg‘urlarni ta’qib qilishda ochiqchasiga ayblagan. “Arsenal” futbolchisining bu gaplaridan o‘zini uzoqroq tutishga harakat qilgan.
Adidas’ning O‘zil bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishining yana bir sababi — koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq moliyaviy inqirozligi ham aytilmoqda. Kompaniya o‘z xarajatlarini optimallashtirmoqda.
Joriy mavsumda Mesut O‘zil Angliya chempionatida 18 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning “to‘pchilar” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning yozigacha amal qiladi.
120   
Добавить комментарий
Ваше имя: *