Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Jek Grilish: «De Bryuyne – Messi, Ronaldu va Mbappe bilan bir xil darajadagi o‘yinchi»

Jek Grilish: «De Bryuyne – Messi, Ronaldu va Mbappe bilan bir xil darajadagi o‘yinchi»

Автор: admin

«Aston Villa» yarim himoyachisi Jek Grilish yaqin yillar ichida «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryuynening darajasiga chiqishni istayotganini ma’lum qildi.

Angliyalik futbolchi «MYU» sobiq futbolchisi Gari Nevillning "Kimga o‘xshashni istardingiz", degan savoliga javob berdi.

«De Bryuyne! U menga juda yoqadi. U ajoyib o‘yinchi. Unga o‘xshab o‘ynashga intilaman, ayniqsa, sakkizinchi raqamli futbolchi vazifasida maydonga tushganimda.

Nazarimda, de Bryuyne barcha xislatlarga ega. U shunchalar ko‘p narsaga qodirki, uni yetarlicha baholashmayapti.

De Bryuyne, Angliya premyer-ligasidagi eng yaxshi o‘yinchi. U Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Kiliana Mbappe bir xil saviyada», – dedi Grilish.
Manba: sports.ru

95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *