Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » "Manchester Yunayted"ning yana bir futbolchisi Italiyaga yo‘l olishi mumkin

"Manchester Yunayted"ning yana bir futbolchisi Italiyaga yo‘l olishi mumkin

Автор: admin

“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Jessi Lingard faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Metro nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, angliyalik futbolchi “qizil iblislar” boshqaruviga Ule Gunnar Sulsher kelganidan so‘ng, muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayapti. Shu sababli u jamoadan ketmoqchi.
Lingardga esa “Milan”dan jiddiy qiziqishlar bor. Jessi hozirda Italiyada to‘p surayotgan MYudagi sobiq jamoadoshlari – Eshli Yang (“Inter”) va Kris Smolling (“Roma”) bilan yaqin aloqada hisoblanadi. Aynan ushbu futbolchilar uning A Seriyaga ko‘chib o‘tishida muhim rol o‘ynashi mumkin.
Jessi Lingard joriy mavsum MYu safida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


73   
Добавить комментарий
Ваше имя: *