Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » “Barsa” ham “Inter”ga “YO‘Q!” dedi

“Barsa” ham “Inter”ga “YO‘Q!” dedi

Автор: admin

“Inter”dan Lautaro Martinesni ololmayotgan “Barselona” milanliklarning ham taklifiga rad javobini berdi.
Italiyaliklar Kataloniyada muvaffaqiyatli o‘ynayotgan himoyachi Kleman Langleni A Seriyaga yuborishni so‘radi. Kataloniyaliklar bu futbolchi sotilmasligini, hatto Lautaroning transferiga ham qo‘shilmasligini uqtirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Barselona”ning frantsiyalik futbolchi bo‘yicha o‘ziga xos rejasi bor. Tez kunlarda klub rahbariyati Langlening kelajagi bo‘yicha uning vakillari bilan muzokara o‘tkazadi.
2023 yilning yozigacha amal qiladigan shartnomaga ko‘ra, futbolchiga 300 million evro miqdorida badal puli belgilangan.


80   
Добавить комментарий
Ваше имя: *