Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Berbatov «MYU»ning Chempionlar Ligasiga chiqish imkoniyatlarini baholadi

Berbatov «MYU»ning Chempionlar Ligasiga chiqish imkoniyatlarini baholadi

Автор: admin

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov jamoaning mavsum oxirida kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyatlarini yuqori baholadi.
«MYU»da yaxshi imkoniyat bor. Umid qilamanki, jamoa jangga tayyor bo‘ladi. Chunki 3 ochkolik farq hech narsa emas.
Pogba? Uning jarohatdan qaytishi – ajoyib yangilik. Lekin muammo shundaki, u uzoq vaqt o‘ynamadi. Jarohatdan keyin qaytish uning boshlang‘ich tarkibdagi o‘rniga ta’sir qilishi mumkin. Agar Sulsher uni darhol jangga tashlasa, buni ko‘rish qiziqarli bo‘ladi.
Pogba va Brunu Fernandesh birga o‘ynashlari mumkin. Ular til topisha olishadimi, hayronman. Bu juda yaxshi bog‘lam bo‘lishi mumkin.
Mavsumning tiklanishi? Jamoalarning jismoniy va ruhiy jihatdan qanday tayyorlanishini, odatiy sifat, tezlik va shiddat darajasiga yetish uchun qancha o‘yinlar kerak bo‘lishiga qiziqyapman.
Bu o‘rtoqlik o‘yinlari yoki mashg‘ulotlarni tomosha qilish kabi bo‘lishi mumkin. Bundesligani tomosha qilayotganda menda xuddi shunday tuyg‘u bo‘lyapti», – deb bolgariyalik sobiq forvardning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Ma’lumot uchun, «MYU» APL turnir jadvalida 29ta turdan so‘ng 45 ochko to‘plab, 4-o‘rindagi «Chelsi»dan  3 ochko ortda qolgan holda 5-o‘rinda bormoqda.


72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *