Goal24.uz » Ўзбекистон » O‘zbekiston Kubogi yangi formatda o‘tkaziladi

O‘zbekiston Kubogi yangi formatda o‘tkaziladi

Автор: admin

PFL O‘zbekiston Kubogi formatini o‘zgartirdi.
Yangi tartibga ko‘ra, musobaqa saralash, guruh va pley-off bosqichidan iborat bo‘ladi.
Saralashning birinchi bosqichida Pro-Liganing «Dinamo» (Samarqand), «Neftchi» (Farg‘ona), «Istiqlol» (Farg‘ona), «Turon» (Yaypan), «Xorazm» (Urganch), «Sho‘rtan» (G‘uzor), «Zomin» (Zomin) va «Oqtepa» (Toshkent) klublari qur’aga ko‘ra 4ta juftlikka ajratilib, o‘zaro 1ta o‘yinda bellashadi. 
Birinchi bosqichning 4ta klubi saralashning ikkinchi bosqichida ham qur’aga ko‘ra 2ta juftlikka ajratilib, o‘zaro 1ta o‘yinda kuchlilarni aniqlab olishadi.
Ikkinchi bosqichning 2ta klubi Superliganing 14ta klubiga qo‘shilib, guruh bosqichiga yo‘l olishadi.
Guruh bosqichida klublar 4ta ishtirokchidan iborat 4ta guruhga ajratiladi. Guruhlarda 1 va 2-o‘rinni egallagan klublar pley-offga chiqishadi.
Hozircha O‘zbekiston Kubogining saralash bosqichi o‘yinlari 23 va 28 iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.


162   
Добавить комментарий
Ваше имя: *