Goal24.uz » Ўзбекистон » O‘zbekiston Kubogi saralash bosqichiga jonli efirda qur’a tashlanadi

O‘zbekiston Kubogi saralash bosqichiga jonli efirda qur’a tashlanadi

Автор: admin

13 iyun kuni O‘zbekiston Kubogining saralash bosqichiga qur’a tashlanadi.
Tadbir Superliga 4-turidan o‘rin olgan va soat 19:00da boshlanadigan «Bunyodkor» - «Qo‘qon-1912» o‘yini tanaffusida o‘tkaziladi. Bu taxminan soat 19:45ga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston Kubogi saralashining birinchi bosqichida Pro-Liganing «Dinamo» (Samarqand), «Neftchi» (Farg‘ona), «Istiqlol» (Farg‘ona), «Turon» (Yaypan), «Xorazm» (Urganch), «Sho‘rtan» (G‘uzor), «Zomin» (Zomin) va «Oqtepa» (Toshkent) klublari 4ta juftlikka ajratilib, o‘zaro 1ta o‘yinda bellashadi. 
Birinchi bosqichning 4ta g‘olibi saralashning ikkinchi bosqichida ham qur’aga ko‘ra 2ta juftlikka ajratilib, o‘zaro 1ta o‘yinda kuchlilarni aniqlab olishadi.
Ikkinchi bosqichning 2ta g‘olibi Superliganing 14ta klubiga qo‘shilib, guruh bosqichiga yo‘l olishadi.
Hozircha O‘zbekiston Kubogining saralash bosqichi o‘yinlari 23 va 28 iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.


207   
Добавить комментарий
Ваше имя: *