Goal24.uz » Ўзбекистон » “Nasaf” va “Bunyodkor” muxlislarini stadionda ko‘rish mumkin. Faqat o‘zlarini emas, balki suratlarini

“Nasaf” va “Bunyodkor” muxlislarini stadionda ko‘rish mumkin. Faqat o‘zlarini emas, balki suratlarini

Автор: admin

13-iyun sanasidan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi o‘yinlariga restart beriladi. Uchrashuvlar karantin cheklovlari tufayli tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.
Toshkentning “Bunyodkor” va Qarshining “Nasaf” klubi muxlislari Superliga o‘yinlari paytida o‘z suyuklilarini o‘ziga xos tarzda qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.
Unga ko‘ra, har ikkala jamoa muxlislarining fotosuratlari stadion tribunalariga joylashtirilib chiqiladi. Muxlislar shu yo‘l bilan futbolchilarga ruhiy dalda bo‘lishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, Superliganing 4-turida “Bunyodkor” o‘z uyida “Qo‘qon 1912”ni qabul qiladi. “Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvi esa 14-iyun sanasiga belgilangan. Har ikkala o‘yin ham “Sport TV” orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etiladi.
93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *