Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » “Barsa”ga super hujumchi kerak. Kataloniyaliklarning tanlovi muxlislarni shokka tushirdi

“Barsa”ga super hujumchi kerak. Kataloniyaliklarning tanlovi muxlislarni shokka tushirdi

Автор: admin

“Barselona” yozda hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha jiddiy ish olib bormoqda. Hozircha, kataloniyaliklar “Inter”dan Lautaro Martinesni olib kelmoqchi. Lekin muzokaralar besamar ketmoqda.
“Barsa” orzusidagi futbolchini olish uchun Neymarni qaytarish variantidan voz kechganini e’lon qildi.
Kataloniyaliklar har ehtimolga qarshi Lautaroni transfer qilolmagan taqdirda uning o‘riga keladigan hujumchini ham tayin qilib qo‘yishga qaror qildi. Tanlov hech kim kutmagan Per-Emerik Obameyang chekiga tushdi.
Gabonlik futbolchining shartnomasa kelasi yili yakunlanayotgani bois u ancha arzonga tushadi. Bundan tashqari, to‘purar futbolchi “Arsenal”ning kelishuvni uzaytirish bo‘yicha taklifini qabul qilgani yo‘q.
116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *