Goal24.uz » Европа жамоалари » Vensan Kompani o‘zi to‘p surayotgan “Anderlext”ga 3 mln yevro xayriya qildi

Vensan Kompani o‘zi to‘p surayotgan “Anderlext”ga 3 mln yevro xayriya qildi

Автор: admin

“Anderlext” bosh direktori Van Etvelt himoyachi qarorini sharhlab o‘tdi.
“Vensanning sarmoyasi ramziy ma’noga ega. Uni yaxshi taniganlar Vensan buning evaziga hech narsa talab qilmasligini yaxshi biladi”, — deydi Etvelt.
Avvalroq Kompani “Manchester Siti”da Xosep Gvardiolaning assistenti bo‘lishdan bosh tortgandi.
Kompani “Anderlext” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 17 yoshida Belgiya klubi safida debyut qilgan. 2006-yilda 10,5 million yevro evaziga “Hamburg”ga yo‘l olgandi. Oradan ikki yil o‘tib futbolchi “Manchester Siti”ga o‘tdi va u yerda 11 yil to‘p surdi.
Joriy mavsum 34 yoshli futbolchi “Anderlext”ning 18 ta o‘yinida ishtirok etib, bittadan gol va golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, uning ishtirokidagi 7 uchrashuvda klub o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
88   
Добавить комментарий
Ваше имя: *