Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Barselona» de Yong transferi uchun qo‘shimcha pul to‘ladi

«Barselona» de Yong transferi uchun qo‘shimcha pul to‘ladi

Автор: admin

Yarim himoyachi Frenki de Yong o‘tgan yili 75 million yevro evaziga "Ayaks"dan "Barselona"ga o‘tgan edi. Kelishuvga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 11 million yevro bonus tariqasida to‘lashi ko‘zda tutilgan edi.

"Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar "Ayaks" hisob-raqamiga 2,3 million yevro o‘tkazib berishdi.

E’tiborli tomoni, "Barsa" va "Ayaks" o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan bonuslarning bir qismi futbolchini tarbiyalashda hissa qo‘shgan "Villem II" va "Valveyk" klublariga o‘tkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Frenki "Barselona" safidagi ilk mavsumida shu paytgacha 37ta o‘yinda maydonga tushib, ularda 2ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.
Manba: football.ua

114   
Добавить комментарий
Ваше имя: *