Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » «Borussiya»ning ikki futbolchisi soch oldirgani uchun jarimaga tortildi

«Borussiya»ning ikki futbolchisi soch oldirgani uchun jarimaga tortildi

Автор: admin

Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Manuel Akanji va hujumkor futbolchisi Jeydon Sancho karantin vaqtida belgilangan tibbiy qoidalarni buzgani uchun Nemis futbol ligasi (DFL) tomonidan jarimaga tortildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
DFL futbolchilarning OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmlarini o‘rganib, Akanji va Sanchoning uy sharoitida sartaroshni chaqirib, soch oldirganligini, ustiga-ustak bu jarayonda tibbiy niqob va qo‘lqopdan foydalanmaganligini aniqladi. Shu sababli shveysariyalik va angliyalik futbolchilar moddiy jarimaga tortilishdi. Belgilangan jazo miqdori ochiqlanmagan.

Bild nashrining qayd etishicha, belgilangan ehtiyot choralarisiz «Borussiya»ning yana to‘rt nafar futbolchisi sartarosh xizmatidan foydalangan. Ammo isbot sifatida rasmlar topilmagani bois ular jarimadan qutilib qolgan. 
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Dortmund klubining ikki futbolchisi Sancho va va Ashraf Hakimi Bundesliga doirasidagi «Paderborn»ga (6:1) qarshi o‘yinda gol urib, liboslaridagi «Justice for George» («Jorj uchun adolat») yozuvini ko‘rsatgan holda AQSHda politsiyachilar qo‘lida vafot etgan afroamerikalik Jorj Floydni xotirlashgandi.


118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *