Goal24.uz » Европа жамоалари » Modrich Ronaldu va Mourino o‘rtasidagi mojaroni gapirib berdi

Modrich Ronaldu va Mourino o‘rtasidagi mojaroni gapirib berdi

Автор: admin

«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich Madrid klubidagi faoliyati davomida bosh murabbiy Joze Mourino va hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘rtasida bo‘lgan mojaro haqida gapirdi.
«Mourinoning munosabati meni hayron qoldirgan. Ispaniya Kubogida 2:0 hisobida g‘alaba qozondik. Autdan to‘p tashlanayotganda Ronaldu raqib o‘yinchisiga ergashmadi va Joze bundan g‘azablandi. Tanaffus paytida kiyinish xonasiga qaytganimizda Ronaldu xafa bo‘lganini, ko‘zlarida yosh turganini ko‘rdim. 
Ronaldu harakat qilayotganini aytdi, Mourino uni tanqid qildi. Ular o‘rtasidagi bahs shu qadar qizib ketdiki, o‘yinchilar aralashuvigina yirik janjalning oldini olishga yordam berdi», – deya Modrichning so‘zlarini keltiradi Marca.
Ma’lumot uchun, Ronaldu hozir «Yuventus»da harakat qiladi. Mourino esa «Tottenhem» bosh murabbiyidir.


108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *